eshit
bilan ulashing
1. Tovushni eshitish aʼzosi orqali qabul qilmoq; qulogʻiga kirmoq, chalinmoq.
-
Kimningdir ingraganini eshitdi. Otning kishnaganini eshitdi.
-
Saodatxonning oyoq sharpasini eshitib, sekin koʻzlarini yumdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Otasining xurragini eshitib, koʻngli ravshan tortdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Diqqat-eʼtibor bilan, maʼno, mazmunini ham anglash, oʻzlashtirish maqsadida quloq bermoq; tinglamoq.
-
U Meʼmorning gaplarini eʼtiroz bildirmay eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uz umrimda koʻp odamlarni koʻrganman, koʻplarning sarguzashtlarini eshitganman. S. Ahmad, Yulduz
3. Xabar topmoq, xabardor boʻlmoq, eshitib bilmoq.
-
Doston bitibdi, deb eshitdik, ogʻa. Qachon oʻqiysiz? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Changʻi saylini ham oʻzing oʻylab topding. Bilarding, opang eshitib qolsa, adabingni berishini. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
eshit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap eshitmoq
-
Qilar ishni qilgan Pismiq-ku, mana endi men gap eshityapman. E. Rayimov, Ajab qishloq
ESHIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭШИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eshit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar