eshak
bilan ulashing
1. Yakka tuyoqlilarga mansub, quloqlari uzun, sutemizuvchi, otdan kichik ish hayvoni.
-
Eshak minganning oyogʻi tinmas. Maqol
-
Boboqul ham yuklarini eshagiga ortib boʻlgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qishloq dehqonlari qoʻqon aravalarda, eshak aravalarda oʻrik, tut, terak sarjinlari yuklab bormoqda edilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. koʻchma Befahm, hech narsaga qiziqmaydigan odam haqida.
-
Ishqi yoʻq — eshak, dardi yoʻq — kesak. Maqol
3. talaffuzda koʻpincha (eshshak) Shu hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi.
4. Toʻrt yoki koʻp oyoqli uzun skameyka, oʻtirgich.
-
Mulla Obid javob oʻrniga koʻl siltab, Berdi tatar oʻtirgan yogʻoch eshakning ikkinchi boshiga kelib oʻtiradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
5. sheva Chayon.
6. so‘zlashuv tili Xarak.
-
Dutor eshagi.
7. so‘zlashuv tili Gimnastika mashqlari uchun belgilangan toʻrt oyoqli uzun, usti charm bilan qoplangan moslama; kozyol.
eshak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻp gap eshakka yuk
ESHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭШАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eshak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar