eshik
bilan ulashing
1. Uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida oʻrnatiladigan, ochib-yopib turiladigan qurilish buyumi.
-
Ikki tabaqali eshik. Oʻymakor eshik. Kabinet eshigi. Koʻcha eshigi. Hovli eshigi. Eshikni ochmoq. Eshikni taqillatmoq. Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. Maqol
-
Dildor shart oʻrnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. S. Ahmad, Ufq
2. Umuman, odam, jonivor, narsalar joylashadigan qurilma, moslamalarning kirib-chiqiladigan, ochilib-yopiladigan qismi. Mashinaning eshigi. Samolyotning eshigi. Qafasning eshigi.
-
Avtobusning eshigi ovozsiz ochildi: — Marhamat, chiqinglar. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bu oʻrtada soat eshigi ochilib, kakku qush chiqdi-da: Kakku! Kakku!, deb yana kirib ketdi. U. Ismoilov, Saylanma
3.
-
[Mirzakarimboy:] Eshigimda juda koʻp odamlar ishlagan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Eshigini topa oldingizmi? — Topdim. Aytganingizdek, uning eshigini Toshkentda har kim bilar ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Tashqari, tashqi maydon, koʻcha.
-
Eshik sovuq.
5. koʻchma Bir maqsadga, yerga yetishish, erishish yoʻli, imkoniyat yoʻli.
-
Baxt eshigi koʻrinib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Barcha orzular eshigi deyarli yopiq edi. N. Safarov, Jasoratning tugʻilishi
eshik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Eshik supurmoq
-
Eshigimni supursin bu Qoʻmondon, Boʻlsin barcha qilganiga pushaymon. H. Olimjon
-
[Jamila:] Men sizni oʻla-oʻlguncha duo qilay, loyiq koʻrsangiz, choʻringiz boʻlib, eshigingizni supuray. Hamza, Boy ila xizmatchi
Eshikka chiqmoq
-
Koʻrpacha yozib, uni oʻtkazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Pazarboy eshikka chiqib qarasa, bu chodirdan boshqa chodirlar koʻp, odamlar son-sanoqsiz Oy-suluv
Eshik ogʻa (yoki ogʻasi)
-
Eshik ogʻa kirib, arkoni davlatning hozir boʻlganini bildirgach, Husayn Boyqaro kirishga ijozat berdi. Oybek, Navoiy
Eshik qoqmoq
-
Bahor eshik qoqyapti.
-
Ayniqsa, eshik qoqib yoz keldi-yu, xayol toʻrt yoqqa sochilib, vaqt yetishmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo
ESHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭШИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eshik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar