xamir
bilan ulashing
Odatda unni suv, yogʻ, tuxum yoki sutga qorishdan hosil boʻladigan yumshoq choʻziluvchan qorishma; yarimfabrikat.
-
Kampir kechga yaqin xamir qorib, oshirgani qoʻydi. S. Ahmad
-
Adolat xamirni yoyib, soch tolasiday ingichka, chiroyli qilib kesib berdi. S. Zunnunova, Olov
-
Xamirga solish uchun sariyogʻ margarin, dogʻlab sovitilgan paxta moyi, eritilgan qoʻy yogʻi ham tavsiya qilinadi. K. Mahmudov, Oʻzbek taomlari
xamir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xamiri achimagan
-
Obbo, xamiri achimagan-yey, tusha qolmaysanmi endi!? N. Safarov, Qurbonali
Xamiri achimoq
-
Qarab tursam, oʻrtogʻimning xamiri achib, kayfi lanj tortib ketyapti. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
Xamirdan qil sugʻurganday
-
Har holda, hamma ish xamirdan qil sugʻurganday, imi-jimida hal boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Xamir (ning) uchidan patir
XAMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xamir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar