xampa
bilan ulashing
1. Don, gʻalla va shu kabilar qoʻyish va saqlash uchun qurilgan maxsus joy; kandik.
-
— Bir kun omborda qarab tursam, xampaning burchagi kamar boʻlib qoldi, shuvullab ketyapti, qani endi toʻxtasa. S. Mahkamov, Shogird
2. maxs. Tegirmon qurilmasining tortiladigan don solinadigan qismi.
-
Aylana-yotgan tegirmon toshlari orasiga xampadan bugʻdoy toʻkilib turar edi.
3. Novvoyxonalardagi xamir qoradigan va oshiradigan katta idish; xamir togʻora.
-
Yuz tonnali xampada xamirlar gupuradi. Gʻ. Gʻulom
-
Xampasida bir kaft un qolmay, tanqislikka uchragan xonadonlarda bu nom tez-tez tilga olinar edi. S. Anorboyev, Sayli
4. so‘zlashuv tili Ayrim dehqonchilik mashinalarining sepiladigan urugʻ, oʻgʻit va shu kabilarni ortib yuradigan yashiksimon qismi.
-
— Shu xampani besh yuz kilogramm chigit sigʻadigan qilib yasab bering, oʻn minutda chigit tugab qolib, xunob qilyapti, — iltimos qildi u. R. Rahmonov, Tinib-tinchimas
XAMPA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАМПА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xampa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar