xandaq
bilan ulashing
1. Shahar, qalʼa, qoʻrgʻon, mudofaa istehkomlari tashqi devori yonidan dushman oʻtolmasligi uchun gir aylanasiga qazilgan uzun chuqurlik.
-
Oʻsha paytda mamlakatni yovdan saqlash uchun shaharning tashqarisida xandaq qazib qoʻyilar edi. Ertaklar
-
Amir Temur va temuriylar davrida qoʻshin lashkargohga tushganda, uning atrofi xandaq bilan mustahkamlangan. OʻzME
2. Oʻqlardan, bomba yoki snaryad parchalaridan saqlanish uchun qaziladigan ensiz, tor chuqurlik, okop.
-
Havo trevogasi boshlandi. Chernetsov bosiq ovoz bilan: — Xandaqqa kiring! — dedi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Biror narsani asrash, saqlash va shu kabilar maqsadda kovlangan chuqurlik, oʻra.
-
Silos bostirilgan xandaqlar-u orasta dalalar koʻzga chalinadi. Sharq yulduzi
XANDAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАНДАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xandaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar