old
bilan ulashing
1. Narsalarning kuzatuvchiga qaragan qismi; pesh, yuz.
-
Binoning oldiga shiorlar osilgan. Koʻylakning oldi uzunroq boʻlibdi.
-
Ot old oyoqlarini irgʻitib sapchidi-da, shamoldek uchib ketdi. S. Ahmad, Ufq
2. Narsalarning ilgari tomonidagi yoki qismidagi joy, oʻrin.
-
Uyning oldini supurib, joy qilmoq.
-
Mastonga aravaning oldidan joy berishdi. A. Qahhor, Maston
3. (3-shaxs birlik shaklda) Biror ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilardan oldin boʻladigan, roʻy beradigan, oʻtkaziladigan.
-
Bayram oldi musobaqasi. Saylov oldi kampaniyasi.
4. 3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklari affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (oldida, oldidan).
old soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oldini olmoq
-
Urushning oldini olmoq.
-
Xotiring jam boʻl-sin, doʻstim, baloning oldini oldim. Oybek, Navoiy
Old qoʻshimcha
Til oldi tovushlari
OLD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
old so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar