oldingi
bilan ulashing
1. Boshqalarga nisbatan oldinda, ilgarida turgan, old tomondagi; old tomonda joylashgan.
-
Oldingi qator. Binoning oldingi xonasi.
-
Qism qorongʻi tushguncha, dushmanni oldingi okoplardan surib chiqardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Nigora Qoplonga qaradi: it tumshugʻini oldingi oyoqlari orasiga olib, bemalol mudrab yotibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qirmizxon tushayotib, oldingi oʻrindiqdagi tugunni oldi. N. Aminov, Qahqaha
2. Ilgari boʻlib oʻtgan; avvalgi, burungi.
-
Tarixdan oldingi davr. Oldingi toʻrt yil ichida erishilgan muvaffaqiyatlar.
-
Salimjon bundan bir necha yil oldingi qiziqarli voqealarni eslatib, davraga iliqlik kiritdi. Sharq yulduzi
3. koʻchma Biror ishda hammadan oldinda boruvchi; peshqadam.
-
Mamlakatimizning oldingi kishilari.
-
Mirzakarimboy Toshkentning eng oldingi boylaridan. Oybek, Tanlangan asarlar
OLDINGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛДИНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oldingi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar