olachalpoq
bilan ulashing
1. Daraxt barglari oralab tushgan parcha-parcha oftob, oydin yoki koʻlanka.
-
Olachalpoq soya.
-
Xiyobondagi daraxtlar orasida olachalpoq oydin kezadi. H. Nuʼmon, Fasllar
-
Sutday oydin Oʻn toʻrt kunlik oy teraklar orasidan moʻralab, hamma yoqqa olachalpoq koʻlanka tashlab turar edi. Gʻayratiy, Dovdirash
2. Bir tekis emas; u yer-bu yerda, parcha-purcha.
-
Olachalpoq bulutlar. Dashtning u yer-bu yerida olachalpoq qor pagʻalari.
-
Odam boʻyi oʻsgan olachalpoq makkajoʻxorining soʻlinqiragan nimjon barglari sargʻayib, osilib yotardi. Q. Kenja, Notanish gul
OLACHALPOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛАЧАЛПОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olachalpoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar