g‘altak
bilan ulashing
1. Ip, sim, lenta kabi uzun narsalarni oʻrab joylash uchun moslangan buyum.
-
Plyonka gʻaltagi. Gʻaltakka oʻralgan ip. Simni gʻaltakka oʻramoq.
-
Toʻqqiz ayol hammasi ishda — oyoqlari tepki-da, qoʻllari tasma, gʻaltak bilan dastakda. A. Muxtor, Opa-singillar
2.
-
Yigitlar narigi sohilga tortilgan ikki poʻlat arqonni gʻaltakka oʻrab, kemani narigi sohilga asta siljitar edilar. S. Abdulla, Quvgʻunda
3. Elektrotexnika va radiotexnikada maxsus sim oʻrami.
4. so‘zlashuv tili Biror narsani tekislash, silliqlash yoki devorlarga gul solish uchun ishlatiladigan, oʻqqa oʻrnatilgan gʻaltaksimon moslama.
-
Gʻaltak bilan devorlarga gul solmoq. Oynaga yopishtirilgan fotorasmlar suvini gʻaltak bilan sidirmoq
5. Baʼzi qurilma, moslamalarning aylantiriladigan qismi.
-
Qattiq titrayotgan qoʻlining koʻrsatkich barmogʻini telefon gʻaltagining o teshigiga tiqib aylantirdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Gʻaltakdan ikki quloch bilet tortib yirtdi-da, otaning koʻkragiga otdi. S. Nurov, Narvon
6. so‘zlashuv tili Zambilgʻaltak.
-
Yer qazish, zambar koʻtarish, ogʻir gʻaltakni surish Poʻlat uchun tanish ishlar. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Toʻrt kun gʻaltakda tuproq tashib holdan toygach A. Muxtor, Kumush tola
g‘altak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻaltakka chiqmoq
-
Endi boʻlar ish boʻldi desang, yurak achiydi, dastmoya ham gʻaltakka chiqadigan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Choyxonachi dastmoyaning gʻaltakka chiqib qolishidan qoʻrqib, oppoq suv damlab berayotibdi. Mushtum
G‘ALTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘altak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘ALTAK so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘altak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar