g‘alvir
bilan ulashing
Don elanadigan, siyrak toʻrli katta elak.
-
Joʻxorini qoʻshnilarning ot-eshaklari va qishloq bolalarining yordamlari bilan yanchib, gʻalvirda elab oldim. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Tovuq somon toʻldirilgan gʻalvirga bagʻrini berib, unga qarab, koʻzlarini moʻltaytiryapti. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
g‘alvir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻalvir qilmoq
-
Salimaning beixtiyor urayotgan chakichi patirni gʻalvir qilib yuborganini Mehrinisodan boʻlak hech kim payqamadi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Qizning qomati durkun, poshnali tuflisi bilan oppoq yerni toʻxtovsiz toptayverib gʻalvir qilib yuboribdi. A. Muxtor, Chinor
Gʻalvirdan oʻtkazmoq
-
Shu progulchilar avval gruppalarning gʻalviridan oʻtkazilsa, keyin ularning kuchi yetmaganini biz elasak. P. Qodirov, Uch ildiz
Gʻalvirni suvdan koʻtarmoq
-
Magʻrurlanishga oʻrin yoʻq. Hali gʻalvirni suvdan koʻtarganda maʼlum boʻladi. H. Nazir, Mayoq sari
-
Yil oxirigacha yana ikki oy qoldi, yaʼni gʻalvirni suvdan koʻtaradigan payt keldi. Gazetadan
Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga
G‘ALVIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛВИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘alvir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar