g‘alva
bilan ulashing
1. Shovqin-suron koʻtarib qilingan janjal, toʻpolon.
-
Muncha gʻalva qilasan?
-
Naq gʻalvalar boʻlardiki, qoʻni-qoʻshni oʻrtaga tushardi. S. Ahmad, Yulduz
-
Qutbiddinov ertagayoq Suyarning maktabiga borib, katta gʻalva koʻtarmoqchi boʻldi. A. Qahhor, Oʻjar
2. Tashvish keltiruvchi narsa, holat; tashvish.
-
Gʻalvasi koʻp boʻladi — hali unisi kasal, hali bunisi hushidan ketgan, oʻlsa, oʻligini saranjomla! U. Ismoilov, Saylanma
-
Butun gʻalvalaring mening boshimda-ku, yana, nima qilib oʻtiribsiz, deysan-a! S. Zunnunova, Olov.
G‘ALVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘alva so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar