keng
bilan ulashing
1. Ichi, ich hajmi, sigʻimi, sathi katta.
-
Keng uy. Keng maydon. Keng paykal. Top joyda osh yegandan keng joyda musht yegan yaxshi. Maqol
-
Ichkari-tashqari dangʻillama hovli. Ichkari hovlining sahni keng. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Odamlar sahnga keng davra qurib oʻtirdilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Togʻ etagin tutib yotar keng paxtazor. Guldasta
2. Eni, koʻndalang oʻlchami katta; enli, serbar.
-
Keng yoʻl. Keng daryo. Keng bargli oʻsimliklar.
-
Orasidan qoʻqonarava bemalol yuradigan keng, uzun ishkomlar ikki tanobdan ortiqroq yerni ishgʻol etgan. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Oʻlchami moʻljaldagidan katta; katta keladigan, bemalol sigʻadigan (kiyim va uning qismlari haqida).
-
Keng toʻn. Keng shim. Keng yeng.
-
[Mingboshi] Keng, oppoq surp yaktagining barlarini ikki yoqqa yoyib, sekin-sekin lapanglab bordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Tarqalish, qamrov doirasi katta; koʻp narsani oʻz ichiga olgan.
-
Keng imkoniyatlar yaratmoq. Keng isteʼmol mollari. Ishning koʻlami nihoyatda keng.
-
Muhokama qilingan masala yuzasidan keng qaror qabul qilindi. Gazetadan
-
Aktrisa oʻz qahramonini keng fikrli, salobatli, ishchan, olijanob iffatli ayol sifatida tasvirlaydi. Gazetadan
5. koʻchma Mehr-muruvvatli, yaxshilikni ayamaydigan, koʻpchilikka birdek munosabatli.
-
Kengga keng dunyo, torga tor dunyo. Maqol
-
Xolam koʻli ochiq, keng, Ovqatni ulashar teng. Q. Muhammadiy.
keng soʻzi qatnashgan jumlalar:
Feʼli (yoki koʻngli) keng
-
Valijon degan vakilimiz feʼli keng odam edi-da. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Koʻngil keng boʻlsa, hujra ham saroyday. Gazetadan
Yuragi keng
-
Yuragingiz muncha ham keng boʻlmasa, koʻzingizga uyqu kelganiga hayronman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ahmadjon komandirning mashq qildirishga shoshilmaganidan ham koʻra, dam olishga ijozat berganiga hayron boʻlib, muncha ham yuragi keng odam ekan! deb qoʻydi. A. Qahhor, Oltin yulduz
KENG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
keng so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar