nav
bilan ulashing
1. Narsalarning umumiy belgilari bilan birlashuvchi guruhi; tur, xil.
-
Mevalarning kechpishar navlari.
-
Mardon Yoʻlchiyevich har kuni tong bilan tosha chiqib, yongʻoq navlarini oʻrganardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Molning, buyumning sifat, qiymat jihatdan xili, turi; sorti.
-
Biron buyumni sifatsiz ishlab, aʼlo navga haq olish noinsoflik, vijdonsizlik, toʻgʻrirogʻi, oʻgʻrilikning boshqa bir turi-ku! N. Safarov, Olovli izlar
nav soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir nav(i)
-
Yer bir nav haydaldi, ekin bir nav ekildi, lekin shundoq boʻlsa ham, hosil ekinni yozda qandoq parvarish qilinishiga ham bogʻliq boʻlgani uchun odamlarning koʻngli toʻq edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ona bir navi yashab turganini, qudasi Joʻravoy aka uch-toʻrt kelib xabar olganini aytdi. H. Gʻulom, Mashʼal;
-
Mastura opa keladigan mehmonlar bilan tanish boʻlganda ham bir navi edi. R. Fayziy, Shohi darparda
NAV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nav so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar