navbat
bilan ulashing
1. Birin-ketin sodir boʻladigan voqea-hodisalar, bajariladigan ishlar tartibi; gal.
-
Tegirmon navbati bilan. Maqol
-
UzR Oliy Majlisining navbatdan tashqari sessiyalari.
2. Qatorda ishgʻol etilgan oʻrin; gal.
-
Navbat olmoq. Navbat kutmoq. Erga navbat — sherga navbat. Maqol
-
Toʻlamat moʻylov Nigora tomonga koʻz qirini tashlab, Sherbekning qulogʻiga shivirlaydi: — Endi, ukam, Suvonning toʻyidan keyin navbat seniki. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ravshan tushlikda shoʻrvaga navbat oldi. Sheriklari tandirdan yangi uzilgan somsani stolga uyib Ravshanni kutib turishdi. Yoshlik
3. Almashinib bajariladigan ish; navbatchilik. smena.
-
Lastochkin batalon shtabida postda turardi. Navbati tugagach, kim bilandir gaplashib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Maʼlum bosqich; bajarilgan ishning maʼlum qismi, boʻlagi.
-
Urganch broyler fermasining birinchi navbatini foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi. Yoshlik
5. (“bu” “shu” “har” “bir”kabi s. bshtn) Marta, gal.
-
Bir navbat.
navbat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birinchi navbatda ayn. birinchi galda
NAVBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАВБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
navbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar