daʼvat
bilan ulashing
1. Biror-bir harakatga, maʼnaviy, mafkuraviy maslakka undash, chaqirish; ragʻbatlantirish.
-
Ozodlik uchun kurashuvchilar safida boʻlish uning qalb daʼvati edi. Gazetadan
-
Ikki yigit ham ichdagi qandaydir muqaddas burchning daʼvati bilan kurashga shoʻngʻidi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. eskirgan Taklif, chaqiruv.
daʼvat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Daʼvat qilmoq
-
Gapga daʼvat qilingan oʻn choqli qarindosh ayollar ham koʻrishib, qayta-qayta hol-ahvol soʻrashib har qaysisi oʻz bilgancha duo qilishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir soatdan soʻng iroq-yovuqdan toʻyga daʼvat qilinganlar kela boshlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Daʼvat xati (yoki qogʻozi)
-
Abdurahmon mudarris amakilaridan Buxoroyi sharifga kelib tahsil qilishga daʼvat xati oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
ushbu yilning 15 aprelida boʻladigan sogʻliqni saqlash koʻrgazmasiga daʼvat qogʻozi oldi. Gazetadan
DAʼVAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЪВАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daʼvat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar