davlat
bilan ulashing
Oʻz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga ega boʻlgan mustaqil mamlakat.
-
Oʻzbekiston davlati. Temuriylar davlati. Davlat apparati. Davlat byudjeti. Davlat gerbi. Davlat intizomi. Davlat mulki.
-
Chindan ham vaqtli hukumat davlat tepasiga chiqdi-yu, lekin amalda podshoning xalqqa qarshi siyosatini davom ettirdi. K. Yashin, Hamza
-
Temur tomonidan tuzilgan davlatning sistemasi ham qiziqarlidir. Fan va turmush
-
Davlat qurib bersin, deb oʻtirmay, hashar bilan bitirib qoʻyadi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
1. Boylik, mol-dunyo, mol-mulk.
-
Yaxshi niyat — yarim davlat. Maqol
-
Davlat tugar, bilim tugamas. Maqol
-
Mablagʻ, davlat, sarmoya! Bizda oʻsha yoʻq. K. Yashin, Hamza
-
Rixsiboy aka davlat keladigan manbani axtara boshladi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Odam ishlatish xoʻp yaxshi narsa-da. Xizmatkorlar har kuni davlatimga davlat qoʻshadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Maʼnaviy boylik; baxt, omad.
-
Sogʻliging — davlating. Maqol
-
Hamjihatlik — davlat, Yolgʻizlik —kulfat. Maqol
-
Davlating — ota-onang. Maqol
-
Muqaddas mozordan senga uzoq umr, ketmas davlat, insof va tavfiq tilaganman, bolam! K. Yashin, Hamza
-
Davlat qoʻnsa bir chivinning boshiga, Semurgʻ qushlar salom berar qoshiga. Murodxon
3. koʻchma ( Oʻ.-p.k. bilan) Orqasida, soyasida, koʻmagida.
-
Otangning davlatida tezroq toʻyni qilib, bu tarang qoʻgʻirchoqni tezroq bagʻringga bosmaysanmi, landavur! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qarib, oʻgʻil-qizlarning davlatida yeb-ichib, kiyib, yayrab oʻtiradigan paytida S. Zunnunova, Olov
4. Davlat (erkaklar va ayollar ismi).
davlat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arkoni davlat
-
Arkoni davlat Chambilda bejoy koʻp deb, Shigʻirlatib opkep kiyim tashladi. Gulnorpari
-
Ikki yonida arkoni davlat qulluq maqomida turibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Davlati koʻtaradi
-
Biz katta boymiz davlatimiz koʻtaradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Taxti davlat
-
Bu yerda taxti davlating, Ketar mendayin ulfating Erali va Sherali.
Boshiga davlat qushi qoʻnmoq
-
[Sifat buvi Jamilaga:] Aylanay, qizim! Nahotki boshingga davlat qushi qoʻnsa-yu, uni kaltak olib, oʻzing quvlasang! Hamza, Boy ila xizmatchi
Davlatingiz (yoki davlatlari) koʻlankasida (yoki soyasida) yoki soyayi davlatlarida (yoki davlatingizda)
-
Siz oqposhshoning davlati soyasida yurt soʻrab, umringiz aysh-ishrat, nashʼu namo bilan oʻtyapti. K. Yashin, Hamza
-
— Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi? — Davlatingiz soyasida, taqsir! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Xudoga shukur, davlatlari koʻlankasida, — deb qoʻrboshi tavozelandi va qoʻl qovushtirib, qushbegining yaqiniga choʻkkashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Davlatlari yori bersa
-
Davlatlari yori bersa, albatta, bizning muddao ham shunda! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻgʻrilardan bittasi tutildi, davlatlari yori bersa, qolganlari ham ushlanur, deb oʻylayman! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Davlat qushi
-
Davlat qushi kelib, Rustamzodning boshiga qoʻndi. M. Mahmudov, Bulbuligoʻyo
-
Baxting bunchalik kulgan ekan davlat qushini qoʻldan uchirish kufroni neʼmat, bolam! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Oltmish degan yoshingda davlat qushi boshingda. Habibiy,Devon
DAVLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davlat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar