daʼvo
bilan ulashing
1. huquq Buzilgan haq-huquqini talab qilish yoki uni himoya etish haqida huquqni himoyalovchi tashkilotlarga qilinadigan murojaat, arz.
-
Pul daʼvosi. Meros daʼvosi. Chegara daʼvosi. Oʻzimdan chiqqan baloga, Qayga boray daʼvoga. Maqol
-
Shu-shu, daʼvosida mahkam turgan Elchiyev qaytib tergovga bormadi: bilganini qilsin endi! E. Aʼzamov, Javob
-
Sudya Xadicha otinni turgʻazdi: — Ayblanuvchiga daʼvongiz bormi? — Qanaqa daʼvom boʻlsin, taqdir ekan! Yoshlik
2. Birovni ayblash, tuhmat.
-
U meni urdi, deb daʼvo qilyapti.
-
U
-
Arabboyga daʼvo qilmoqda edi P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Oʻzi munosib boʻlmagan yoki oʻzida boʻlmagan haq-huquq yoki xususiyat, fazilatlarni eʼtirof etishni talab qilish, bu yoʻldagi urinish, iddao.
-
Birinchilik daʼvosi.
-
Saroyda barcha: shariat peshvolaridan tortib to kichkina amaldorgacha shoirlik daʼvo qilardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bahodirlik daʼvo qilib yuribsan, Bek otangning tulporini minibsan. Malikayi ayyor
-
Shunaqa oilalar borki, ota-onasining ilmi unchalik emas, bilimdonlikni daʼvo qilmaydilar. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Uzum uzsam uzumzordan bir shingil, Asalman der, shirinlikda daʼvosi. S. Abdulla
4. Javob talab qilinuvchi mulohaza, fikr.
-
Oltin chirimas, daʼvo qarimas. Maqol
-
Poʻlatjon Zebining bu daʼvosiga nima deyishini bilmay, oʻylanib qoldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
— Kuladigan gap emas bu, kulmanglar, — dedi Maʼsumaoy oʻz daʼvosini isbotlashga urinib. N. Safarov, Tanlangan asarlar
5. eskirgan, aynan Teorema.
daʼvo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xun daʼvosi
DAʼVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЪВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daʼvo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar