daʼvogar
bilan ulashing
1. huquq Oʻz haq-huquqini himoya etish haqida tegishli joylarga rasmiy yoki gʻayrirasmiy arz qilgan, talab qoʻygan fuqaro yoki yuridik shaxs.
-
Oʻgʻri zoʻr boʻlsa, Daʼvogar javobgar boʻlar. Maqol
-
Daʼvogar qozi boʻlsa, Dardingni olloga ayt. Maqol
-
Oʻgʻri qutulib, daʼvogar sudga tortilgan vaqtlar koʻp boʻlgan. N. Safarov, Kimga toʻy, kimga aza
-
Nega uch yildan beri indamay kelgan xotin birdan daʼvogar boʻlib qolibdi? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Oʻzida yoʻq haq-huquq, xususiyat yoki fazilatlarning eʼtirof etilishini talab qiluvchi.
-
— Menga daʼvogar? Podshohlik haqiga daʼvogar, — dedi amlokdor. S. Ayniy, Qullar
3. Musobaqa, tanlov, sport oʻyinlarida yuqori oʻrin uchun kurashuvchi.
-
Futbol komandamiz birinchi oʻrin uchun daʼvogarlardandir.
DAʼVOGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЪВОГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daʼvogar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar