davom
bilan ulashing
1. Biror ish-harakat, hodisa, voqea va shu kabilarning uzluksiz jarayoni, borishi.
-
Kuzatishlar Mars-1 kosmik stansiyasi harakatining davomi normal ekanini koʻrsatdi.
-
bu odam uch yildan beri gʻuldirab kelgan, hozirgisi shuning davomiday edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Tabiatdir mening davomim, Tutash erur bagʻrim bagʻriga. X. Davron, Bolalikning ovozi
2. Toʻxtatilgan ish-harakat, hodisa, voqea va shu kabilarning qolgan (hali davom etishi lozim yoki mumkin boʻlgan) qismi.
-
Hikoyaning davomi. Kechagi gapning davomi.
-
Qudrat xatning davomini oʻqiyolmay qoldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
gapning davomini aytolmay qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Biror narsaning maʼlum joyidan keyingi qismi, keti.
-
Yoʻlning davomi. Chiziqning davomi.
4. 3-sh. egalik va oʻ.-p. k. affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi.
davom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davom etmoq (yoki qilmoq)
-
Ortiqcha ot-aravalarimiz qirdagi somonlar bilan bundagi quruq bedalarni tashishda davom qiladilar. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy;
-
Bu hol tushga qadar davom etdi. K. Yashin, Hamza
-
Shunday shiddatli jang kun boʻyi davom etdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Oʻyin-kulgi yarim kechagacha davom etdi. A. Qahhor, Asarlar;
-
Ochil indamay yozishda davom etdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Gʻanijon beixtiyor orqasiga qaradi-yu, yana yoʻlida davom etdi. A. Qahhor, Asarlar
Davom feʼli
-
Oʻtgan zamon davom feʼli ish-harakatning takrorlanganligini, davom etganligini anglatadi. Oʻzbek tili darsligi
DAVOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar