davr
bilan ulashing
1. Jamiyat taraqqiyoti-da yoki tabiatda muhim voqea, hodisa yuz bergan yoki oʻziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan maʼlum vaqt oraligʻi.
-
Quldorlik davri. Feodalizm davri. Kapitalizm davri. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri. Tosh davri. Temir davri.
-
Oʻzbekiston olimlari olib borayotgan arxeologik qazishmalarning tarixiy diapazoni tosh davridan to oʻrta asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Gazetadan
-
Qancha davrlar oʻtsa ham, boʻyoqlari xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar Boburning qalbidagi zafar zavqiga zavq qoʻshdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Buning ustiga oʻsha davr tarixchilari Temur zabardast, xiyla chiroyli odam boʻlganini yozib qoldirganlar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Tarixda biror shaxs yoki kishilar guruhi, sulolaning nomi bilan bogʻlangan vaqt, zamon.
-
Temuriylar davri. Navoiy davri.
-
Bobur Mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulugʻbek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Shaxs hayotidagi maʼlum vaqt.
-
Yoshlik davri. Talabalik davri.
-
Xolidaning yoshlik davrida ayollarning koʻzi koʻr edi, tikanni koʻrmasdan bosardi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Oʻtgan yarim asrli murabbiylik davrim men uchun ham katta hayot darsxonasi boʻldi, koʻp narsa oʻrgandim. Gazetadan
-
Oftob oyimning: nega qirq kokil qilib oʻrmaysan degan soʻrashiga: Qizingiz endi qizlik davridan oʻtib, kelinlik davriga kirdi, deb kuldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Biror bir avlod yashagan yoki yashayotgan vaqt; ayni yashab turilgan vaqt, zamon, zamona. Oʻz
-
davrining har yirik voqeasi Oybek ijodida yorqin aksini topdi. Gazetadan
-
Davrimiz har bir sohani kompleks ravishda hal etishni taqozo etyapti. Gazetadan
-
Choʻlquvarlar va qahramonlar davr bahodirlaridir. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Badiiylik va yangidan-yangi estetik kashfiyotlar yaratishimizni davr taqozo etmoqda. Gazetadan
-
Oʻqish kerak, davr bilan birga borish kerak. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Davr taraqqiyoti institut olimlari va mutaxassislari oldiga yangi-yangi vazifalar qoʻymoqda. Gazetadan
5. Biror ish-harakat, tadbir bajariladigan muayyan vaqt.
-
Hisobot davri.
-
Gʻoʻza parvarishining qizgʻin davri. Har soat gʻanimat. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Hisobot davrida yigit-qizlarning asosiy diqqat-eʼtibori paxtachilikni rivojlantirishga, uning samaradorligini oshirishga qaratildi. Gazetadan
6. Maʼlum hodisa, voqea, jarayonda oʻzgarish sodir boʻladigan muddat.
-
Oʻsimliklarning oʻsish davri.
-
Biz avvalo oʻsimliklarning oʻsish davrini qisqartirish va hosildorlikni oshirishga erishdik. Fan va turmush
-
Hosil tugish davrida gʻoʻzani chekanka qilish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Gazetadan
-
Buqoqning ayni avj olgan davri ekan. I. Shamsharov, Ziyolilar
7. maxe. Takrorlanuvchi jarayon yoki xossalarning har bir takrorlanishida uning boshlanishidan to oxirigacha oʻtadigan vaqt.
-
Bitta toʻla tebranish uchun ketgan vaqt davr deb ataladi. Fizika kursi
-
Kalendar Quyosh, Yer, Oy va Yupiter sayyorasi harakatining astronomik davrlariga asoslanib tuzilgan. Fan va turmush
-
Qatorning, elementlar xossasining izchillik bilan oʻzgarishini oʻz chegarasi ichiga olgan qismini Mendeleyev davr deb atadi. Kimyo darsligi
8. geol. Geologik sistemani tashkil qiluvchi togʻ jinslarining hosil boʻlishiga ketgan vaqt.
9. Kishining omadi kelgan, ishi yurishgan chogʻlar; rohat-farogʻatli zamon.
-
Hozir bizga davr kelgan vaqt. Davrimizda oʻynab olaylik.
-
Davrimizda yuravermaysizmi, doʻstim, bir kishini qanotimiz tagiga ololmasak, nima qilib yuribmiz. Mushtum
-
Qoʻlingdan ketmasin davring, davroning, Oydin koʻlga qushing chuygin, Avazjon. Avazxon
-
hozir sizlarning davringiz, qoʻlingizdan kelganini bizning haqqimizdan ayamang. Bir kun yana bizning davrimiz kelar. S. Ayniy, Qullar
-
Gul yuzimga, buvi, muncha termulding, Ularning davrida oʻynading-kulding. Erali va Sherali
davr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davr surmoq
-
Davr kelsa, ur, begim, davron kelsa, sur, begim. Maqol
-
Xoʻp podsholar davr surgan ekanlar-da, a! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Davr surmoqchi boʻldi, Bek boʻp turmoqchi boʻldi. Oysuluv
-
Otang podsho, sen qadimdan toʻrasan, Oltmish toʻrt yil boʻldi — davring surasan. Erali va Sherali;
-
Oq eshon Xudoyorxon vaqtida xoʻp davr surdi. K. Yashin, Hamza
-
Shu kishining orqasidan davr surib yuribmiz, axir. Mushtum
-
Vasiliy qishloqqa yangi kelgan paytida Asqar mullaning davr surgan payti edi. S. Zunnunova, Olov
Davri falak
DAVR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar