davron
bilan ulashing
1. Farogʻatli hayot, turmush; xurramlik; baxtli fursatlar.
-
Meni baxt nuriga gʻarq etdi mehnat, shonli davronim. T. Toʻla
-
Uzoq umr suring yangi davronda. E. Rahim
-
Xudo bersa, shunday dilbarni olib, Oʻtkazay dunyoning davronin surib. Murodxon
2. Hukmronlik, oliy mansab (shohlik, podshohlik) gashti, sururi.
-
Oqtoshning shahrida podshohlik qildim, Necha vaqt davron ustida oʻtirdim. Murodxon
-
Na boʻldi saltanatli davroning, Dushmanga ketdimi yetmish qoʻrgʻoning? Erali va Sherali
3. Davron (erkaklar ismi).
davron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davroni falak
Davron charxi yoki charxi davron
-
— Davron charxi bunday teskari aylanishini kutmagan edim, — dedi Komil. H. Gʻulom, Mashʼal
Davron surmoq
-
Ayo shohim, adolatda toʻrasan, Toʻralik davrida davron surasan. Folklor
Sohibi davron
-
Sohibi davronlar esa shappati yeb emas, shappati urib oʻrgangan. Buni Avaz bilardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
DAVRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar