daxl
bilan ulashing
Biror shaxs yoki narsaga aloqadorlik, taalluqlilik; aloqa, munosabat.
-
Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Aslini surishtirsangiz, bu ishlarga xudoning hech daxli yoʻq, aka. Hammasini oqposhsho qilayotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
daxl soʻzi qatnashgan jumlalar:
Daxl etmoq (yoki qilmoq)
-
Mening uyimda bir umr tursangiz ham — bemalol, birov sizga daxl qilmaydi. Oltin beshik
-
Bu javob Mahmud Gʻaznaviyning izzat-nafsiga tegdi va Sayido tirikligida uning yurtiga daxl qilmadi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
— Vijdonimga daxli qilmang! U sotilmaydi, sotiladigan mato emas! — dedi Vohid aka. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
DAXL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАХЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daxl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar