osoyishta
bilan ulashing
1. Urush-janjaldan, gʻavgʻo-tashvishdan xoli; tinch, bexavotir, xotirjam.
-
Osoyishta shahar. Yurt osoyishta. Osoyishta yashamoq.
-
Shunday paytda kishining bu xilda osoyishta va hatto xotirjam boʻlishini tasavvur qilish qiyin edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Goʻzal manzara ruhimizni bardam, asablarimizni osoyishta qiladi. Saodat
2. Hayajondan, iztirobdan xoli; betashvish.
-
Bu qomatni [Fotimani] koʻrishi bilanoq Elmurodning osoyishta qalbida nimadir qoʻzgʻaldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Xotirjam, bamaylixotir, bosiq.
-
Osoyishta suhbat.
-
— Kimsan oʻzing? Madamin? — dedi Abdurasul ancha osoyishta tovush bilan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sergey oʻrnidan turib, oldingi stulning suyanchigʻiga qoʻlini qoʻydi-da, osoyishta gapira boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. Sokin, harakatsiz.
-
Dengiz osoyishta dam olmoqda.
-
Chang aralash tutun halqa-halqa boʻlib, koʻkka, osoyishta boʻshliqqa intilar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
OSOYISHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОСОЙИШТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OSOYISHTA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OSOYISHTA so‘ziga berilgan ma’nolar
osoyishta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
osoyishta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar