ost
bilan ulashing
1. Narsaning tag qismi, tagi, tubi.
-
Qurbon ota engashib, samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Narsaning quyi qismiga, tagiga yaqin joy.
-
Gulnor deraza ostiga koʻrpacha solib, qizni oʻtkazdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Narsaning yaqin atrofi, tevaragi.
-
Yoʻlchi, quloqlari ostida oʻq uzilib turarkan, tomirlarida joʻshqin kuch, yuragida yuksak hislarning, orzularning boʻronini sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ona boqqa yetib kelganda, Tursunboy koʻchatlar ostini yumshatayotgan edi. T. Ashurov, Oq ot
4. Narsalar egallab, bosib yoki qoplab turgan joy, narsaning tagidagi joy, tag.
-
Daraxtlarning osti salqin edi.
5. Narsaning ichki qismi, ichi, orasi, qaʼri.
-
Yer osti suvi. Yer osti boyliklari.
-
Begoyim yer ostida ilon qimirlasa, biladigan quv xotin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uni [togʻni] yer osti zilzilalari ham xalq ovozidek titratmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Tag, tub (suv havzalarida).
-
Dengiz osti.
-
Koʻp odamlar bu daryoning ostida yer tishladi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. 3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklari qoʻshimchalari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (ostida, ostidan).
OST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ost so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar