oson
bilan ulashing
1. Yechilishi, bajarilishi jihatdan uncha qiyin, murakkab boʻlmagan, uncha koʻp mehnat, kuch yoki bilim talab qilmaydigan, sodda.
-
Oson masala. Oson vazifa. Oson ish.
-
Bu yoqning toshi u yoqniki singari qattiq, yaxlit emas, juda boʻsh, gʻoʻrasha edi. Shuning uchun toshlar oson koʻchib, oson yiqildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Qiyin emas; joʻn, yengil.
-
Tilangandan tilingan oson. Maqol
-
Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin. Maqol
-
Gipertoniya xastaligi kishining karligi oqibatida ham kelib chiqishi mumkin boʻlib, kasallikning bu turi ancha oson oʻtadi. Saodat
oson soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mushkuli oson boʻlmoq
-
Uning [Sidiqjonning] butun mushkuli oson boʻlganday, quvonib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Mushkulini oson qilmoq
-
Bu kunlarda uning mushkulini oson qilgan kishi Nozimning onasining yoʻqligini bildirmay, bagʻrini toʻlatgan Nina Ivanovna bilan singlisi Nigora boʻldi. S. Zunnunova, Olov
Oson koʻchmoq
-
Qani endi, senga oʻxshash qizlar vrach, hamshiralar boʻlsa kasallarni davolash ham oson koʻchardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
Oson qilmoq
OSON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОСОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oson so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar