osmon
bilan ulashing
1. Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turgan moviy fazo; samo, falak, koʻk.
-
Osmon gumbazi. Osmonni bulut qopladi. Osmon uzoq, yer qattiq. Maqol
-
Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. Maqol
-
Tiniq osmonda yulduzlar charaqlab turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
-
[Boy Jamilaga:] Mening oltinlarim shunday ulugʻ bir hokimki, yerga kirsang — qulogʻingdan, osmonga chiqsang — oyogʻingdan tortib, mening qoʻynimga olmaday qilib solib qoʻyadi! Hamza, Boy ila xizmatchi
2. Yer atrofini oʻrab olgan olam fazosi (astronomik jismlar makoni).
-
Yulduzlar osmoni. Osmon mexanikasi.
3. Baland, tepa, yuqori.
-
Osmonga otgan toshing qaytib tushib, yorar boshing. Maqol
4. koʻchma Yuqori, baland, qimmat.
-
Nima uchun shunday pishiqchilik paytida mevalarning narxi osmonda? Gazetadan
5. koʻchma s.t. Juda baland, yetib boʻlmaydigan darajada yuqori.
-
Varrak osmonga chiqib ketdi. -[Yoqut] Hali ham osmonda, — dedi Hamro Karomatga. H. Rahim, Chin hayot
osmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi osmonda
-
Shu boisdan qoʻlim koʻksimda, boshim osmonda! Gazetadan
Dudi osmonga chiqmoq
-
Mana shu yerda mingboshining dudi osmonga chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Yer bilan osmoncha farqi bor
Oyogʻini osmondan keltirmoq
Osmonga ustun boʻlarmiding
-
Nima boʻladi, osmonga ustun boʻladimi? — dedi Ashur Mirzo ochiq bir kinoya bilan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Osmonda yurmoq
Osmondan kelmoq
-
Xoliqov goho baralla qahqahlaydi, baʼzan Men unday qildim, men bunday qildim, qotirdim, doʻndirdim, deb osmondan keladi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
Osmondan olib gapirmoq
Osmondan osilib (yoki oyogʻini uzatib) tushgan
-
Ha, muncha! Xotiningiz osmondan tushibdimi? Biz ham odam bolasi, turibmiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
OSMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОСМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
osmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar