gvardiya
bilan ulashing
1. harb. 12-asrda Italiyada, soʻngroq Yevropaning boshqa bir qancha davlatlarida, 17-asr oxiridan 1918 yilgacha Rossiyada: monarx, podsho, lashkarboshi kabilarning shaxsiy soqchilari; qoʻshinning saralangan, imtiyozli qismlari.
2. harb. Sobiq SSSR da: 1942 yilda joriy etilgan, 2-jahon urushida alohida jasorat koʻrsatgan harbiy qismlar, kemalar, qoʻshilmalar va shu kabilarga berilgan faxriy nom.
-
Nemislar haydab kelayotgan odamlar orasi-da gvardiya kapitani Kalashchenko ham bor edi. N. Safarov, Olovli izlar
3. koʻchma Muayyan ijtimoiy guruh yoki tashkilotning eng yaxshi, saralangan namunali qismining nomi.
-
Bu safar ham tashabbusni keksa gvardiya boshlab berdi.
gvardiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Milliy gvardiya
-
Ukraina milliy gvardiyasi.
-
OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 yanvardagi qaroriga binoan respublika Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismi — milliy gvardiya tuzilgan. OʻzME
GVARDIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГВАРДИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gvardiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar