guzar
bilan ulashing
1. Qishloq yoki mahallalarning chorrahalarida joylashgan, choyxonalari, qassoblik, baqqollik kabi doʻkonlari boʻlgan obod, gavjum joy.
-
Bu mahallada unga [ Yoʻlchiga] maʼqul boʻlgan ikki kishi bor edi. Biri — guzarda taqachilik-temirchilik qiladigan Qoratoy, ikkinchisi — Shokir ota nomli mahsidoʻz chol. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kuz havosining suyaklarni zirqiratuvchi sovugʻiga qaramay, guzarda choyxoʻr koʻp edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. folk. Yoʻl.
-
Qatmoqlar yurtiga guzarim tushdi. Alpomish
-
Guzarimiz tushsa, izlab kelarmiz. Sulton boʻlgan, jonim doʻstim, xush endi. Murodxon
-
Kuloh kiyib, boʻldim men bir qalandar, Nogahon guzarim tushdi bu shahar. Shirin bilan Shakar
3. sheva Daryodan, soydan qayiqlar oʻtadigan joy; kechik.
4. tarixiy Buxoro xonligida: mahalla.
GUZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
guzar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar