go‘dak
bilan ulashing
1. Emadigan, koʻkrakdan ajratilmagan, odatda bir yoshgacha boʻlgan bola; chaqaloq.
-
Oilada tugʻilsa goʻdak, Unga suyib qoʻyarlar ism. A. Oripov
-
Esli bolalar ham koʻrinmaydi. Goʻdaklar esa beshikda, daraxtlar orasidagi belanchaklarda uxlab yotishadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Voyaga yetmagan, ona suti ogʻzidan ketmagan bola, yosh bola.
-
Musulmonqul oʻzini mingboshi eʼlon qilib, aqlsiz bir goʻdakni xon koʻtarib, el yelkasiga mindi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Oʻqituvchi yolgʻiz bilim bermaydi. U goʻdakni odam qiladi. N. Safarov, Olovli izlar
3. koʻchma Yetarli turmush tajribasiga ega boʻlmagan, xom, gʻoʻr odam.
-
Baring goʻdak, hali nodon bolasan, Har ish qilsang ham, bitmagan, chalasan. Ravshan
-
Dildor Aʼzamjonni koʻrdi-yu, Nizomjon koʻziga bir yosh bola, goʻdak boʻlib koʻrindi-qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
GO‘DAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЎДАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
go‘dak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar