go‘lax
bilan ulashing
1. Hammomning oʻt yoqiladigan joyi, oʻchogʻi; goʻlaxxona.
-
Shu vaqtda Registon yaqinidagi hammom goʻlaxidan toʻrt nafar qimorboz qoʻllarida ikki zambar bilan chiqib keldilar. S. Ayniy, Qullar
2. Hammomga oʻt yoquvchi kishi; goʻlaxi.
-
Maʼlumot soʻramaydigan turli ishlarda ishladim: qorovul boʻldim, goʻlax boʻldim. T. Murod, Ot kish nagan oqshom
go‘lax soʻzi qatnashgan jumlalar:
Goʻlaxdan chiqqan
-
— Oʻziyam goʻlaxdan chiqqanga oʻxshaydi-ya, yagʻir boʻlib ketibdi, bola bechora, — dedi Mehrinisa Mahkam akaga. R. Fayziy, Hazrati inson;
-
Goʻlaxdan chiqqan tegi pastni boshingizga urasizmi, olsangiz — biror xonzodani oling, deb ming marta aytdim, quloq solmadingiz. H. Gʻulom, Mashʼal
Oʻttiz ikki goʻlaxga oʻt qoʻygan
-
Niyozoxunning diliga gʻulgʻula tushdi. Boyvachcha emish Bu oʻttiz ikki goʻlaxga oʻt qoʻygan kallakesar oʻgʻri-ku! K. Yashin, Hamza
GO‘LAX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЎЛАХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
go‘lax so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar