go‘r
bilan ulashing
1. Oʻlikni koʻmish uchun qazilgan chuqur.
-
Birovga goʻr qazisang, oʻzing yiqilasan. Maqol
-
Goʻringdan tutun chiqqur! Goʻringda chirigur! (qargʻ.)
-
Toʻpa xolaning yonida ochiq goʻr gʻorga oʻxshab, allaqanday vahima taratib, qorayib turibdi. I. Rahim, Ixlos
2. Oʻlik koʻmilgan joy va shu yerda tiklangan tepacha; qabr; qabr ustiga qurilgan maqbara.
-
Qayerga borasiz, Qulbobo ajalingiz yetsa, otamizning goʻri yoniga siz uchun katta bir sagʻana yasab, sizni eltib koʻmamiz. S. Ayniy, Qullar
3. modal so‘z GOʻRGA. 1. “Yaxshi“, ishqilib maʼnolarida qoʻllanadi.
-
U(yigit) ilkis atrofga nazar tashlab, yuragini birdan vahm bosdi: ne boʻronda qolib ketmasa goʻrga edi. M. Mansurov, Yombi
4. Kesim tarkibida kelib, rozilik, istak va shu kabilar maʼnolarni ifodalaydi.
-
Foydasini bermasa ham goʻrga, sakkiz ming soʻmni qaytarsin. A. Qahhor, Sarob
-
— Qariganda meni bir baloga giriftor etmasang goʻrga edi, — deya qichqirdi [Zohir shayx]. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5.
go‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Goʻr azobi
-
Yoʻl azobi —goʻr azobi. Maqol. Goʻr azobida Azob va mashaqqat bilan, katta qiyinchiliklar bilan.
Goʻrdami
Goʻriga gʻisht qalamoq
Goʻrnimi
-
Bu safar silab-siypab oʻtibdimi? — Goʻrnimi?
Bir oyogʻi toʻrda, bir oyogʻi goʻrda yoki yoʻlidan goʻri yaqin
-
Bir oyogʻim toʻrda-yu, bir oyogʻim goʻrda, ajal degan roʻdapo eshikning tirqishidan moʻralab turibdi-yu, qolgan besh kunimga shukur qilmay, yana orzu-havas qilaymi, aylanay ovsin! A. Muxtor, Opa-singillar
Ota goʻri qozixonami?
-
[Hasan] Turmasang turmassan. Shunga ham ota goʻri qozixonami! Men Zuhra bilan narigi uyga oʻtaman. N. Safarov, Kimga toʻy, kimga aza.
[Oʻz] goʻriga tortmoq
-
U, Olaxoʻjani oʻz goʻriga tortmay, oʻsha yoqda yoʻq boʻlib ketsa koshki edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Qay(si) goʻrga
-
Qaysi goʻrga yoʻqolding, bachchagʻar! — oʻshqirdi Boboqulga qarab. — Oʻtni yoq. Bir piyoladan choy ichib, yoʻlga tushaylik! S. Anorboyev, Oqsoy
Qay(si) goʻrda
-
Ahmadjon aka! Qaysi goʻrda yuribsiz? Telefon qilmagan joyim qolmadi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
Qay(si) goʻrdan
-
[Rokiya:] Turgʻunboy — Farhodu, Muhabbat — Shirin edi. Qaysi goʻrdan bir xat keldi-yu, oralariga sovuqlik tushdi-qoldi. N. Safarov, Hayot maktabi
Hammasi (yoki bari) bir goʻr
-
— Koʻp oʻtmay, u meni yana boshqa joyga topshirdi. Bu boy dargohida oʻtgan hayotim eslashga arziydimi? Yoʻq. Hammasi bir goʻr edi, — dedi Hamroqul. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
Har kimning goʻri boshqa
-
Karomat undoq boʻlib ketdi, indamadim; mayli, bunisiga ham bir nima demayman, har kimning goʻri boshqa, menga nima. A. Qahhor, Qizlar
GO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
go‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar