sumalak
bilan ulashing
Qorning erib oqib, qayta muzlashi natijasida hosil boʻlgan naysimon, choʻzinchoq muz.
-
Oʻng tomonda shohi pardadek osilib turgan yapaloq, lentasimon sumalaklar ham juda chiroyli edi. A. Koʻchi-mov, Halqa
-
Yer, tomlar qor. Tarnovlarda sumalaklar osilgan. Izgʻirin yuzni yalaydi. S. Nurov, Narvon
Undirib yanchilgan bugʻdoy, un va yogʻ aralashmasidan tayyorlanadigan, servitamin, xushxoʻr holvaytarsimon ovqat (odatda bahor kezlari ayollar oʻrtasida xalfana asosida pishiriladi).
-
Bu kecha — gulgun kecha, Oʻchoqda oʻt tonggacha, Kim pishirsa sumalak, Yashasin — ey minggacha! A. Suyun, Olis tonglar
-
Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. Saodat
-
Binobarin, sumalak yilda bir martagina tayyorlash mumkin boʻlgan noyob taomdir. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
SUMALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУМАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SUMALAK so‘ziga berilgan ma’nolar
sumalak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
sumalak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing