sulton
bilan ulashing
1. Musulmon davlatlarida amir, xon, shohlar unvoni.
-
Kishi yurtida sulton boʻlguncha, oʻz yurtingda ulton boʻl. Maqol
-
Bu choqqacha qancha zamonlar oʻtdi, Qancha podsho, amir ham xonlar oʻtdi, Yoʻq-yuqa kambagʻal bilan ishi yoʻq Oʻz kayfini surib sultonlar oʻtdi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Jahon-da eng koʻp sarmoyaga ega boʻlgan Bruney sultoni 1788 xonadan iborat boʻlgan saroyda yashaydi. Fan va turmush
2. koʻchma Oʻzgalar ichida eng oldingisi, sarasi; shohi.
-
Sabo, arzimni yetkur, mohi tobon bir kelib ketsun. Tamomi husn elining shohi — sulton bir kelib ketsun. Hamza
-
Man sizni bilaman, oliyjanob, har qanday mayda gaplardan ustun turadigan, kek saqlamaydigan yigitsiz. Yigitlarning sultonisiz. S. Nurov, Narvon
-
Javohirlar sultoni — olmos faqatgina zeb-u ziynat boʻlibgina qolmasdan, balki zabardast hamda nozik texnika mahsuloti hisoblanadi. Gazetadan
3. Sulton (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
SULTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЛТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sulton so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar