nasl
bilan ulashing
1. Bir avlod-ajdodga mansub kishilar urugʻi, ularning kelib chiqishi, zoti, nasabi, tagi-taxti.
-
Naslini surishtirmoq. Nasldan naslga oʻtmoq. Qazisan-qartasan, asli naslingga tortasan. Maqol
-
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy Al-Forob avlodidan, Asli nasli balki oʻzluq, Balki tarxon, oʻzbegim. E. Vohidov, Muhabbat.
2. Kelajak avlod, zurriyot.
-
Nimani meros qilib qoldirayin naslimga. S. Akbariy, Mehrigiyo
-
Bahodir nasli ham boʻlgay bahodir. Na mushkul boʻlsa, hal qilmoqqa qodir. Habibiy
3. biologiya Maʼlum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub oʻsimliklar, bir zotga mansub hayvonlar guruhi; urugʻ, zot.
-
Hayvonlarni duragaylab, yangi nasl olish.
-
Biz ot naslini tuzatishda ham hali bir ish qilmadik. A. Qodiriy, Obid ketmon
NASL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАСЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
NASL so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan NASL so‘ziga berilgan ma’nolar
nasl so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
nasl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing