nasiya
bilan ulashing
1. Naqd pulsiz, pulini keyin toʻlash sharti bilan boʻlgan yoki boʻladigan savdo muomalasi; kredit.
-
Molni nasiyaga olmoq. Nasiyaga sotmoq.
-
[Mirzakarimboy:] naqd pulga mol chaqqon boʻlgan zamonda siz ancha molni nasiyaga sotibsiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jahon ota allakimning boqib qoʻygan qoʻzisini nasiyaga olib keldi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
2. Shunday savdo muomalasiga muvofiq toʻlanadigan pul, qarz.
-
Endi gap shu: oyoqni qattiq tirang. Qozoqlardan nasiyani tezroq undiring, durustmi? Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma s. t. Darhol bajarilmaydigan, qilinmaydigan, berilmaydigan.
-
Bu vaʼdalaringiz hammasi nasiya.
-
Kirib tarvuzni qoʻliga beraman-u, salom-alikni nasiya qilib, quyon boʻlaman. S. Ahmad, Saylanma
4.
nasiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nasiya savdo
-
[Mirzakarim Masturaga:] Kel, nasiya savdoni qoʻy, naqddan gapiraver! Hamza, Tanlangan asarlar
NASIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАСИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
NASIYA so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan NASIYA so‘ziga berilgan ma’nolar
nasiya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
nasiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar