haq
bilan ulashing
1. Haqiqiy holatga mos; haqqoniy, rost.
-
Har zamon haq gap, toʻgʻri degan tovushlar eshitilar, qarsak koʻtarilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Haq gapni gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona rozi — xudo rozi!. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Haqqin aytsam, ota-enam hozir bor. Erali va Sherali.
2. Haqiqiy holat; haqiqat.
-
Haq joyiga qaror topdi.
-
Shoʻx, yerga ursa bulutga sakraydigan, haqqa boʻyin egib, nohaqqa sakrab ketadigan Sarsenboyning or-nomusi zoʻr edi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Gulzor-u vayrona, xanjar-u andava, haq-u nohaq yonma-yon turibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Haqiqat ertakka evrilur erta, Ertaga afsona haqqa doʻnadi. Sharq yulduzi
3. Shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻllanib, haqiqatning shu soʻz bildirgan shaxs tomonida ekanini bildiradi.
-
Men ham, Sultonov ham haq boʻlib chiqdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Mahkam Zikir bilan toʻqnashuvda oʻzining haq ekanligiga ishonchi komil. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Har kasbdagi odamlar xat yozishibdi-yu, aksariyati Sobirni haq, xotinini nohaq deb koʻrsatishibdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
4. Biror narsa, ish-harakat uchun qonuniy boʻlgan, talabga, tartib-qoidaga toʻgʻri keladigan asos, erk-imkoniyat; huquq.
-
Uning pensiya olishga haqi bor. Sizni aldashga hech kimning haqi yoʻq.
-
Raisning gʻururlanishga haqi bor. Paxta — oʻzbek xalqining milliy iftixori. N. Safarov, Olovli izlar
-
Ahmad hali oʻzini Rahim akalar qatoriga qoʻshishga haqi yoʻq deb hisoblar, xiralik qilmay, oʻzini chetga olib yurardi. F. Musajonov, Hikmat
-
Muzaffar zotlarga motam nojoiz, ularning haqqidir faqat iftixor. A. Oripov, Yurtim shamoli
5. Huquq, qonun va shu kabilar yuzasidan biror kimsa yoki narsaga tegishli hissa, toʻlanadigan yoki olinadigan narsa.
-
Elektr haqi. Kvartira haqi.
-
Koʻrinishidan shunday moʻmin, goʻyo buzoqning haqi bor, deb sigirning sutini ichmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Misha, bergan sutim haqi qutqar, oʻlaman! Mushtum.
-
Zavod Gʻiyosiddin tilmochning nomiga oʻtgan, oqsoqolning unda endi qonuniy haqi yoʻq.
-
S. Ahmad, Hukm
6. Ish, mehnat, xizmat evaziga olinadigan pul yoki boshqa narsa.
-
Xizmat haqi. Ish haqi.
-
Akamni shuncha yil ishlatib, haqini bermadingiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ochdan oʻlmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Odamlarni ishlatib haq toʻlash, inshoot uchun gʻisht-u ganch, yogʻochlarni keltirish uning zimmasida. Mirmuhsin, Meʼmor
7. din. Xudo, olloh, tangri, parvardigor (xudoning sifatlaridan biri).
-
Haq taolo.
-
Borgin, emikdoshim, haqqa topshirdim! Alpomish
-
Oh tortsam, toʻkilar koʻzimning yoshi, Haq! deb chiqar gʻamli qulning tovushi. Rustamxon
8. (3-shaxs egalik shaklida — haqi, haqqi) Biror gap, fikrning oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz anglatgan shaxs, narsa va shu kabilarni oʻrtaga qoʻyib aytilayotgani maʼnosini bildiradi.
-
Qoʻying! Xudo haqi, tegmang! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Mana shu Qurʼon haqi, yoʻldan ozganlarni qatl qilish savobi azimdir. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Muqaddas zamon haqqi, yoqa tutib aytaman: Qaniydi kuylayversang hamisha baxtni toʻlib. A. Oripov, Yurtim shamoli
9. koʻm. (egalik va oʻrin-payt kelishigi shaklida — haqida) vzf. Qaratilganlik munosabatini bildiradi; toʻgʻrisida, toʻgʻrida.
-
Paxta planining bajarilishi haqida maʼlumot. Ob-havo haqida maʼlumot. Majlisda sen haqingda yaxshi gaplar aytildi.
-
Front gazetasida Hasanov haqida yozilgan bir xabar hamisha choʻntagimda. T. Rustamov, Mangu jasorat
haq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Haq deb
-
Uyga kelsa-yu, koʻcha eshikda haq deb oʻtirgan rahmatlik onasiga yoʻliqsa, ona unga savagich olib yugursa, nima boʻlardi?! R. Fayziy, Hazrati inson
-
Fashistning snayperi ham quduqni nishonga olib, tun-kun haq deb kutardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
HAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar