haqiqat
bilan ulashing
1. Chindan xam boʻlgan, voqelikka mos holat, narsa.
-
Ishga kelganidan beri endi bitta jiddiy topshiriq oldi, haqiqatni aytmaslik gunoh. F. Musajonov, Himmat
-
Inson baxti mehnatda ekanligi ayni haqiqat. Gazetadan
-
Deydilar: har zamonning bordir oʻz tarozisi, Oh, naqadar rost erur ushbu buyuk haqiqat. A. Oripov, Yurtim shamoli
2. Maʼlum tartib-qoida, qonunlarga mos ish, xatti-harakat, holat; rostlik, toʻgʻrilik.
-
Xalq afsonalarda oʻz orzu-umidlarini, yurak nidosini yaxshilik va haqiqat uchun kurashni ifodalagan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Qahramonlar haqida ocherk yozish uchun ularni qidirib topish, sarguzashtlarni haqiqat, adolat tarozisida tortib koʻrmoq kerak. N. Safarov, Olovli izlar
3. fls. Kishi ongida voqelikning, obyektiv borliqning haqqoniy, toʻgʻri aks etishi.
4. Rostligi fanniy yoʻl bilan isbotlangan, tajribada sinalgan holat, hukm, fikr.
-
Mana shu soddagina rivoyat zamiriga sanʼatning mohiyati haqidagi ulugʻ haqiqat singdirib yuborilgan. Yoshlik
-
Men Mirzo soʻziga amal qilaman, uning gapida haqiqat borligiga dilim ishonib turibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
5. din. Ilohiyatni (xudoning borligini) oʻz-oʻzidan anglashiladigan, isbot talab qilmaydigan, shubhadan tashqari, aniq bir hodisa deb tushunish.
haqiqat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Haqiqat qilmoq
-
Hokim toʻra haqiqat qilsin. Bolamni chaqirib, oʻzi soʻrasin! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Hazrat haqiqat qilib, saltanat pulini oʻgʻirlayotganlarni jazolaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
HAQIQAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚИҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haqiqat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar