haqiq
bilan ulashing
1. ot Qizil, qirmizi rangli qimmatbaho tosh.
-
Uning oʻng qoʻlining sinchalogʻida haqiq koʻzli uzugi bor. A. Hakimov, Ilon izidan
-
Ulugʻbekning qabri ustiga ajoyib haqiq, marvarid toshlar qoʻyilgan. A. Tolibov, Oʻzbek marmari
-
Marhamat piyolani qoʻlga olib, uning ichidagi qip-qizil, haqiq singari vinoga tikildi. R. Fayziy, Kishilarimiz qissasi
2. sifatdosh Qizil rangdagi; qizil, qirmizi.
-
Uning surma koʻzlari, qayrilma qoshlari chimirilgan boʻlsa ham, haqiq lablarida tabassum mavj urar edi. Oydin, Er yurak
-
Oʻsha anor donasiday haqiq yuz, oʻsha tim qora koʻz, oʻsha jozibador tabassum hamon oʻtgan kunlarni eslatib turibdi. I. Raxim, Ixlos
HAQIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAQIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
haqiq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
haqiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar