mezon
bilan ulashing
1. eskirgan Tarozi, oʻlchov.
-
Mezon toshlari.
2. koʻchma Taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza.
-
Mehnat — kishi qadr-qiymatining mezonidir.
-
Darveshali har ishga bel bogʻlar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini oʻzingiz uchun bir mezon deb biling. Oybek, Navoiy
3. katta) astr. (M — Oʻn ikki burjning biri, Savr va Saraton burjlari oʻrtasida joylashgan.
4. Shamsiya yil hisobida yettinchi oyning arabcha nomi (22 sentyabr — 21 oktyabr davriga toʻgʻri keladi).
-
Navroʻzdan soʻng qish boʻlmas, mezondan soʻng yoz boʻlmas. Maqol
5. Baʼzi oʻsimliklarning kuzda havoda suzib yuradigan, oʻrgimchak uyasiga oʻxshash spora tashuvchilari.
-
Kuz keldi. Suvlar ariq-da oynadek tiniq shildiradi, koʻkda mezonlar suzdi. Sh. Gʻulomov, Tashabbus
6. Uzoq choʻzilgan yoz, issiq kuz.
MEZON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕЗОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mezon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar