ming
bilan ulashing
1. 1000 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
-
Mingni mingga qoʻshmoq. Ming soʻm pul. Ming kishi.
2. Koʻp, koʻpdan-koʻp, juda.
-
Mingdan-ming rozi boʻlmoq. Ming yashamoq.
-
Fotima amakisining avzoyini koʻrib, kelganiga ming pushaymon qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Har qancha.
-
Sen ming chiroyli boʻlma — yetimsan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ming dod denglar, ming faryod denglar, behuda! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sizning oʻrningizda boʻlak odam boʻlganda, ming yomon koʻrsa ham bir borib, oʻsha bechorani yupatib kelar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
ming soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ming qilsa (ham)
-
Qanday boʻlar edi. Farzandda, ming qilsa. Hamza, Tanlangan asarlar
MING so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ming so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar