mesh
bilan ulashing
1. Suv, qimiz va shu kabilar suyuq narsalar solib qoʻyiladigan, tashiladigan teri; sanoch.
-
Mangqishloqqa tushib, qozoqlar ovulidan bir mesh qimiz olib chiqishdi. M. Mansurov, Yombi
-
Bitta jangchi chelakdagi suvni meshga avaylab quydi. K. Yashin, Hamza
2. Oyoq kiyimi astari, supra va shu kabilar narsalar uchun ishlatiladigan joʻn qoʻy teri.
-
Xotin, qorilgan xamirni mesh supraga oʻrab, ustiga serpaxta koʻrpani yopgandan keyin, yerda turgan choʻyan obdastadan qoʻlini yuvmoqchi boʻldi. S. Ayniy, Doxunda
3. koʻchma s.t. Meshga oʻxshash; doʻmboq, dumaloq (qoringa nisbatan).
-
Xoʻrandalar haqini urib, qorni koʻpchib mesh boʻldi. Mushtum
MESH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mesh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar