meʼyor
bilan ulashing
1. Rasmiylashtirilgan, umum tomonidan qabul qilingan, hamma tomonidan majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida.
-
Huquq meʼyorlari. Axloq meʼyorlari.
2. Biror narsa, ish va shu kabilarning miqdor, daraja jihatdan talabdagi, belgili oʻlchami.
-
Har narsa ham oʻz meʼyorida yaxshi. Meʼyorini bilmoq. Bir meʼyorda ishlamoq.
-
Bizda dehqonchilikning bir kunga kesilgan ish meʼyori bor. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Tabiat oʻzi usta dehqon. Meʼyori bilan danak tashlagan, meʼyori bilan urugʻ sochgan. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
-
Lekin ana shu mehr-oqibat meʼyorida boʻlmogʻi kerak. Bu ishda meʼyorni unutish yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Gazetadan
3. Ana shu meʼyorni belgilovchi asos-koʻrsatkichlar.
-
Baho qoʻyish meʼyorlari.
4. s.t. kam qoʻll. Chek-chegara.
-
Bu adadsiz choʻl edi, Sira meʼyori yoʻq edi. Bahrom va Gulandom
meʼyor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir meʼyorda
-
Quyosh kundan-kun bir meʼyorda isib borardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bundan tashqari, dumba qoʻy tanasidagi haroratni bir meʼyorda saqlashga yordam beradi. S. Anorboyev, Oqsoy
MEʼYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕЪЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
meʼyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar