haqiqiy
bilan ulashing
1. Chindan ham bor, chindan boʻlgan; asl, haqqoniy.
-
Haqiqiy ahvol. Haqiqiy voqea. Haqiqiy fakt. Haqiqiy hodisa.
-
Hoji xola oʻzining kimligini koʻrsatadigan haqiqiy sarguzashtini shu yerda yashirib, yolgʻon ayta boshlagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Haqiqiy familiyasi-chi? Shuni ayting! K. Yashin, Hamza
-
Dadam noyob usul yaratib, haqiqiy insondan farq qiladigan sunʼiy odam— biorobotni vujudga keltiribdilar. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Oʻz nomi, unvoni va shu kabilarga toʻla munosib, loyiq.
-
Haqiqat uchun kurashibdi, haqiqiy inson ekan dadangiz. Oybek, Nur qidirib
-
Haqiqiy olim shuhrat uchun emas, haqiqat, fan ravnaqi uchun kurashadi. R. Usmonov, Odobnoma
3. Chin maʼnodagi.
-
Ammo haqiqiy qish birinchi qor yoqqanda bilindi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Haqiqiy hayot mehnatdan boshlanadi, mehnatli hayot goʻzaldir. Gazetadan
-
Haqiqiy muhabbat oldida hech qanday gov dosh berolmasligiga ishontirishim kerak edi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Haqiqiy doʻstda insonning eng yaxshi xislatlari mujassamlashgan boʻladi. Gazetadan
HAQIQIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚИҚИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
HAQIQIY so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingHAQIQIY so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan HAQIQIY so‘ziga berilgan ma’nolar
haqiqiy so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
haqiqiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar