haqorat
bilan ulashing
1. Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga uradigan, tahqirlovchi maʼno-mazmunli soʻz, gap.
-
Toʻlqinjon buni darrov payqadi, koʻzini yashirib, ogʻzidan chiqib ketay degan haqoratni qult etib yutdi. F. Musajon, Huri
-
Abdubilol endi yigʻlab, ogʻziga kelgan gapni qaytarmadi, alamidan akasining yuziga tupurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Shunday maʼno-mazmunli muomala, xatti-harakat, holat.
-
U [oʻquvchi bola] lovullab turgan qulogʻini ushlagancha, Hojiga qaradi va bisotidagi eng ogʻir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, yaʼni tarbiya-siz! dedi. A. Qahhor, Asarlar
-
Asal xola oʻgʻlining ichmasligini bilardi, tergovchining bu gapi haqorat boʻlib tuyuldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Gʻulomjon stoldagi nonlarga qarab, koʻngli buzildi. Uning sof niyatiga bu bir haqorat boʻlsa ham, odamlarning maʼrifat uchun ogʻzilaridagi oshlarini berishga tayyor ekanliklarini oʻylab, Matqovul kambagʻalga rahmi kelib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Bizning mayda-chuyda hokimlarimiz birlasha olmagani tufayli, katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh berolmadik xotinlarimiz, qizlarimiz olib ketildi. Bundan ortiq haqorat bormi, Meʼmor?! Mirmusin, Meʼmor
haqorat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Haqorat qilmoq
-
Siz boʻlsangiz, meshchan, deb haqorat qildingiz ularni. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Ha, meni haqorat qilgan tillaring uzilsin! D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bahsda qizishgan, baqirgan, qarshi tarafni haqorat qilgan odam doim yutqazadi. F. Musajonov, Himmat
HAQORAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚОРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAQORAT so‘ziga berilgan ma’nolar
haqorat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
haqorat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar