haqqoniy
bilan ulashing
1. Haqiqatga toʻri keladigan, asl holatiga mos, muvofiq.
-
Eng asosiy gap hayotni haqqoniy, u qanday boʻlsa, shunday aks ettirishdadir. Gazetadan
-
Yuragidagini toʻkib solayotgan qizning haqqoniy soʻzlari Sherzod Qambarovichga ogʻir botardi. Oʻ.Usmonov, Sirli sohil
-
Matbuotda xalq hayoti va qilmoq ahvoliga doir haqqoniy bir soʻz ham yoʻq. Oybek, Nur qidirib
2. Haq, asosga ega; asosli, haqli.
-
Haqqoniy tanqid — ishdagi nuqsonlarni bartaraf etishning taʼsirchan vositasi. Gazetadan
-
Kitobxonlar nashriyotlar oldiga katta va haqqoniy talablar qoʻyishadi. Gazetadan
-
Shu oʻrinda haqqoniy savol tugʻiladi. Sharq yulduzi
HAQQONIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚҚОНИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haqqoniy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar