haqsizlik
bilan ulashing
1. Haq-huquqdan mahrum etilgan, haq-huquq toptalgan holat.
-
Bu qanday kun, bu qanday haqsizlikki, sening inon-ixtiyoringga ham chang solib, sening nomingdan boshqalarning nikohiga ham rozilik beraverishadi. K. Yashin, Hamza
-
Mening boshimga haqsizliklar, haqoratlar, xoʻrliklar tushgandan keyin oq-qorani ancha taniydigan boʻldim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Nohaq ish, xatti-harakat; nohaqlik.
-
Podshoning mardikor olish toʻgʻrisidagi farmoni ustida soʻz qoʻzgʻalarkan, xalq har xil jabr, zulm, haqsizliklardan achchiq shikoyat qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jahon tinchligiga xavf solsa birov, Haqsizlik yuz bersa, qololmayman jim. Uygʻun, Hayot chaqiradi
HAQSIZLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚСИЗЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haqsizlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar