haqsiz
bilan ulashing
1. Shaxsan haqi yoʻq.
-
yugurib borib, qoʻlidan tutgisi, men seni sogʻinib ketdim, axir degisi kelar, ammo bunday qilishga oʻzini haqsiz, deb bilar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. kam qoʻll. Haq toʻlamay, tekin.
-
Mamlakatni obod qilish bahonasi bilan 1824 yilda Qoʻqon kosiblarini haqsiz — muft ishlatib, yangi rasta qurdirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
3. kam qo‘llanadigan, aynan Nohaq.
-
Xudo haqni nohaq qiladi, bechora yosh yigitning haqsiz qoni toʻkiladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Soʻyla endi, koʻp haqsiz Oqqan yoshlardan Gʻayratiy
-
— Haqsiz jazo! — deb Otabek kulimsirab qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. eskirgan Biror narsa qilish haq-huquqidan mahrum boʻlgan, mahrum etilgan.
-
Bir vaqt shoʻroga saylov oldida haqsizlar roʻyxati qishloq koʻchalariga yopishtirib qoʻyiladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Bir kun kelib, yupun, haqsiz qora xalq boshini tik koʻtarishiga, koʻzlarini ishqalab, asriy uyqudan uygʻonishiga umid bogʻladi. S. Siyoyev, Avaz
HAQSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАҚСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haqsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar