har
bilan ulashing
1. belg. olm. Shaxs yoki narsalarni, ularning belgisi, harakati va boshqalar jihatdan boʻlgan turidan ajratib (yakkalab) koʻrsatadi, shu tarzda belgilaydi.
-
Har toʻkisda bir ayb. Maqol
-
Demak, bekor boʻlmabdi qurbon, Har qurbonga boʻlsin sharafshon! H. Olimjon
-
Hoji boʻlsa, har besh daqiqada ichkari tomonga quloq solib toʻxtar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Roʻzimboy elliklarni qoralagan, basavlat, har bilagi kelisopday polvon kishi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Fotima yangi ketmon bilan yer chopar, har urganda, yerning kindigini uzib olaman derdi. T. Ashurov, Oq ot
2. Soʻroq olmoshlari va bir, narsa kabi baʼzi soʻzlar bilan birikib, belgilash olmoshining umumlashtiruvchi turiga mansub olmoshlarni hosil qiladi.
-
Har qanday tasodifning oldini olish kerak-da! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Tilak tilar el duosida: Har qaysingiz boʻling mingga bosh. H. Olimjon
-
Yomon odam boʻlsangiz, meni har nima qilishingiz qoʻlingizdan kelar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Har kim oʻqiyversa, podani kim boqadi? — dedi achchiqlanib Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Haydar ota, har nima boʻlsa ham Ultarmaga borib, [Asrorqulni] koʻrib kelay, deb yoʻlga chiqdi. A. Qahhor, Asror bobo
3. Vaqt, joy-makon bildiruvchi baʼzi soʻzlar bilan birikib, qoʻshma soʻzlar hosil qiladi:
-
har doim, har gal, har safar, har zamon va boshqalar Har vaqt juda ehtiyot boʻlib muomala qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. A. Qahhor, Bemor
-
[Gulnor] Har gal kampir bilan yolgʻiz qolarkan, darrov qizning holini soʻrardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sayhonlikni oʻrmon har yoqdan oʻrab olgandi. Oybek, Quyosh qoraymas
har soʻzi qatnashgan jumlalar:
Har qalay
-
Alamdanmi yoki yigitlik gʻururi ustun keldimi, har qalay, bir nafas bilan togʻoraga solib oldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Lunjiga tushirgan boʻlsa kerak. Har qalay, shundan keyin Umri meni koʻrganida, koʻchaning u betiga oʻtib ketadigan boʻlib qoldi. A. Qahhor, Asarlar
-
Boya yangalari qosh-koʻzlariga surma tortib, yonogʻiga surma surtganidanmi, yo shuncha odam unga tikilib havaslanganidan uyalganigami, har qalay, yuzlari lov-lov yonardi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Har holda
-
Har holda, Toshkent aholisi Azizbek istibdodidan ortiq toʻydi, kimdan koʻmak soʻrashni ham bilmaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har holda, bu oddiy hol emas. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
HAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
har so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar