o‘zgar
bilan ulashing
1. Qiyofa, holat va shu kabilarda maʼlum oʻzgarish yuz bermoq; boshqacha boʻlmoq.
-
Avzoyi oʻzgardi. Tovushi oʻzgardi. Kayfiyati oʻzgardi. Havo oʻzgardi. Bahor kelib, tabiat oʻzgardi.
-
Bashorat singlisining oʻz koʻz oʻngida oʻzgarib borayotganini sezardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Bogʻlardagi chillakilar chumak urib, olma, noklar, tilla-qoʻngʻiz yopishgan shaftoli va olxoʻrilar rangi soat sayin oʻzgarardi. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Otang nuqul meni koʻrsa oʻzgarib ketadi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
2. Mohiyat jihatdan avvalgisiga oʻxshamagan holatga oʻtmoq, mazmunan boshqacha boʻlmoq.
-
Vaziyat oʻzgardi. Ijtimoiy tuzum
-
Baxtimizga zamon oʻzgarib, Bunday yaxshi kunlarga yetdik. E. Rahim.
3. Oʻrni, vazifasi, maqomi va boshqalar jihati yangi boʻlmoq; almashmoq, boshqa boʻlmoq.
-
Oʻqituvchi oʻzgardi. Boshligʻimiz oʻzgardi.
-
Oʻzbek yozuvi bir necha marta oʻzgardi. Adresimiz oʻzgardi. Ish joyimiz oʻzgardi. Marshrut oʻzgardi. Amudaryo oqimi tez-tez oʻzgarib turadi.
-
Shamol oʻzgarib, oʻng tomondan esib qoldi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
O‘ZGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zgar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar